Yangiliklar
Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar ishtirokidagi “Targ‘ibot poyezdi” va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Urganch davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda institut talaba yoshlari ishtirokida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtiyozlarni tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi hamda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan huquqiy viktorinalarda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.