Yangiliklar
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Xiva shahar hamda Xiva va Xonqa tuman adliya bo‘limlarida bo‘lib, davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi, Notariuslar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlarning sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
Adliya vaziri tomonidan fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko`rsatish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn xizmatlar ulushini oshirish, fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda elektron platformalarni foydalanuvchilar uchun yanada qulay va sodda tizimni takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi
Shuningdek, “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” (https://dafn.adliya.uz) tizimida ish yuritish amaliyoti bilan tanishildi.
Adliya xodimlarining takliflari, fikr va mulohozalari tinglandi hamda my.gov.uz - portalidan foydalanishda fuqarolar ko`nikmalarini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolar uchun qulay, tezkor va zamonaviy xizmatlarni ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha yakuniy natijalar (mandat) eʼlon qilindi!
Hoziroq 2026-2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijalarini bilish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi (MyGov)dagi “Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish” xizmatidan foydalaning.
Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Adliya ayoli” tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning birinchi shartida ishtirokchilarning bilim va tajribalari huquqiy mavzulardan shakllantirilgan test savollari orqali sinovdan o‘tkazildi.
Ikkinchi shartda ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb takliflar bilan ishtirok etdi.
Mazkur shartlar davomida ishtirokchilarning bilim va mahorati hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan baholab borildi.
Tanlovning hududiy bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, Xiva tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Masharipova Matluba O‘ktamovna g‘olib deb topildi va tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tanlovning hududiy bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
M.Masharipovaga tanlovning Respublika bosqichida omad tilaymiz!