Янгиликлар
17
Yoshlar kuni
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Tuproqqal’a tumanidagi 17-sonli maktabining “Huquq sinfi”da yuqori sinf o`quvchi yoshlari ishtirokida “Adliya organlari faoliyati” bilan tanishtirish yuzasidan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida, Adliya vazirligi uning tizimidagi idoralar va ularning vazifalari, vakolatlari hamda funksiyalarini tushuntirishga qaratilgan qisqa metrajli videorolik namoyish etildi.
Ochiq muloqot davomida, yoshlarga adliya organlarining faoliyati, adliya organlarida faoliyat olib borish, xodimlarga qo`yilgan talablar yuzasidan ma’lumotlar berildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning huquqshunoslik mutaxassisligi jumladan, adliya organlari faoliyatiga qiziqishini oshirish va ularning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.