Янгиликлар
15
Ma’lumotlaringizni o‘zingiz to‘g‘rilang!
Yagona portaldagi shaxsiy kabinetda Oila ma’lumotlari bilan tanishish imkoniyati mavjud. Ushbu ma’lumotlarda ayrim texnik yoki tashkiliy nomuvofiqliklar uchrab turadi.
Ushbu ma’lumotlarni to‘g‘rilash yoki yangilash jarayonida bevosita ishtirok etish imkonoyatingiz borligini yana bir bor eslatib otamiz!
Buning uchun my.gov.uz dagi "Oila ma’lumotlarini tahrirlash" xizmatidan foydalanib:
Nomuvofiq ma’lumotlarni o‘zgartirsangiz yoki o‘chirsangiz;
Yangi ma’lumotlarni qo‘shsangiz bo‘ladi.
Agar kiritilgan o‘zgarishlar tasdiqlansa, ma’lumotlaringiz 24 soat davomida yangilanadi. Noaniq ma’lumot kiritilganda esa ariza rad etiladi.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish orqali siz nafaqat o‘zingiz, balki butun tizimdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va dolzarbligini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
my.gov.uz bilan raqamli kelajakni birga quramiz!