Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yangi xizmat


Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn!

Ilgari bu jarayon uchun taʼlim muassasasi hamda tegishli idoralarga borish, turli hujjat va maʼlumotnomalarni yigʻish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi.

Xizmat bo'yicha eng muhim ma'lumotlar:

Kimlar ariza topshirishi mumkin? 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchining ota-onasi yoki vasiysi.
Qaysi taʼlim muassasalariga taalluqli? Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar).
Talab qilinadigan hujjatlar: Yoʻq! Hech qanday qoʻshimcha hujjat talab etilmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Koʻrib chiqish tartibi va muddatlari:
1. Ariza bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi;
2. Qabul qilingan qaror kelib tushganidan soʻng, taʼlim tashkiloti 1 ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi.

 Ariza topshirish uchun:
 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “O‘quvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish” xizmatini tanlang;
 Farzandingizni (oʻquvchini) belgilab, elektron soʻrovnomani toʻldiring;
 Arizani tasdiqlang va yuboring;
 Natijani shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring.

Ushbu foydali ma'lumotni chet elga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ketayotgan va farzandi maktab/kollejda oʻqiydigan tanishlaringizga ulashib qoʻying!