Янгиликлар
19
Adliyada bir kun: yoshlar adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “Adliyada bir kun” loyihasi amalga oshirilib, barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Loyiha doirasida yoshlar adliya organlarining kundalik faoliyati, ish jarayonlari va mutaxassislarning vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ishtirokchilar bo‘limlarda mutaxassislar faoliyatini bevosita kuzatib, adliya tizimida ishlash, huquqiy xizmatlarni tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari haqida amaliy tasavvurga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida yoshlar va adliya xodimlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
“Adliyada bir kun” loyihasi yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda kasbiy yo‘nalish tanlashiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.