Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning turar joyiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishiga yo‘l ochildi.


Xiva shahrida yashovchi fuqaro A.G. turar joyiga tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch keldi. Bunga turar joyga egalik huquqini belgilab beruvchi eski hujjatda uning ism va familiyasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlaridagidan farqli ravishda qayd etilgani sabab bo‘lgan.

Fuqaroning Xiva shahar adliya bo‘limiga qilgan murojaati asosida holat o‘rganilib, o‘rganish davomida Xiva xalq deputatlari sovet ijroiya komitetining qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan turar joyga oid ma’lumotlar aynan murojaat muallifi yashab kelayotgan xonadonga tegishli ekani aniqlandi.

Shundan so‘ng, Xiva shahar adliya bo‘limi tomonidan huquqni belgilovchi hujjatdagi yozuvlarning fuqaro A.G.ga tegishliligi faktini belgilash yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Sud tomonidan ariza qanoatlantirilib, huquqni belgilovchi hujjatning fuqaro A.G.ga tegishliligi belgilandi.

Natijada, eski hujjatdagi ism-familiya tafovuti sabab yuzaga kelgan muammo sud tartibida bartaraf etilib, fuqaroning turar joyga bo‘lgan huquqini tegishli tartibda rasmiylashtirishiga imkon yaratildi.