Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish endi yanada oson!


Endilikda my.gov.uz portali orqali umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan farzandingizning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda u taʼlim olayotgan maskan haqida batafsil maʼlumotlarni masofadan olishingiz mumkin.

 Ushbu qulaylik orqali farzandingizning oʻquv natijalari:
 Har bir fan boʻyicha joriy baholari va oʻrtacha koʻrsatkichlari;
 Sinfga oid va umumiy baholar statistikasini.

 Shuningdek, maktabi haqida maʼlumotlar:
 Taʼlim muassasasining nomi va aniq manzili;
 Maktabdagi oʻquvchilar va faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni;
 Maktabga oid boshqa muhim maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

 Buning uchun:
 my.gov.uz portaliga kiring;
 Shaxsiy kabinetingizdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻting;
 Farzandingiz haqidagi maʼlumotlar yon tomonida “Maktab maʼlumotlari” tugmasini tanlang.

Tez orada my.gov.uz da farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot berish ham ishga tushiriladi.

Farzandingizning taʼlimdagi muvaffaqiyatlarini uydan chiqmasdan, qulay va shaffof tarzda kuzatib boring!