Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya xabari


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti muhokama qilindi.

Unda davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda aniqlangan qonunbuzilishlarning oldini olish masalalari, davlat xizmatlari ko`rsatish muddatlarini buzilishi va asossiz rad etilish holatlari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, 2026-yil 28-iyuldagi 23-son taqdimnomada ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko`rsatishni nazorat qilish sohasida yangi amaliyot joriy qilingan bo`lib, unga ko`ra davlat xizmatlari ko`rsatishda qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ygan tashkilotlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari doimiy muhokama etib boriladi.

Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda faoliyatda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislarining fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.