Янгиликлар
24
Xorazm viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026-yil 1-yarim yilligida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, huquqiy axborotni tarqatish va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.
Xususan, tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) belgilanganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda ijobiy natijalar qayd etildi.
Xususan, resurslarni iqtisod qilish natijasida qog’oz sarfi 31% kamaydi, quyosh panellari orqali 100% elektr energiyasi tejaldi.
Prezident va Hukumat hujjatlari ijrosi bo’yicha 265 ta topshiriq ijrosi 661 obyektda monitoring qilindi;
8 452 ta subyektning huquqlari e’tirof etilib, bu borada 12 437 ta ijobiy xulosa berildi;
"E-huquqshunos" tizimi orqali 1 223 ta tashkilotga xizmat ko’rsatilib, 363 820 ta hujjat ekspertizadan o’tkazildi;
Inson huquqlari sohasida 293 murojaat ko’rib chiqilib, 96 fuqaroning huquqi tiklandi,
Huquqiy targ’ibot yo’nalishida 16 mingdan ortiq targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi, bu borada “Instagram” ijtimoiy tarmog’ida boshqarma sahifasi ochilib, qisqa muddatda qo’yilgan kontentlarni ko’rish soni 100 mingga yaqinlashdi;
O’tkazilgan o’rganishlar davomida 22 mingga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tashkilotlarga 400 ga yaqin taqdimnoma kiritildi, 254 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlik masalasi hal qilindi;
tug’ilishni qayd etish 100% onlayn yo’lga qo’yildi
nikoh shartnomalari 32% (1 862/5 896) holatda tuzildi
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarorida adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida huquqiy targ‘ibot va boshqa zarur chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, maishiy korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Hay’at majlisi yakunlari bo‘yicha kelgusida adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.