Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Shovot tumanida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Mo'minjon Atayev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.


Qabulda, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - ko‘chmas mulk, kadastr, uy-joy, notariat, FHDY va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohalariga oid masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi.


“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
 30 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi;
 5 ta murojaat joyida hal etildi;
 17 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
 17 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
 o‘rganishni talab etadigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida tinglash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni imkon qadar tezkor hal etish hamda aholiga huquqiy va davlat xizmatlarini qulay va samarali tarzda yetkazishdan iborat.