Янгиликлар
28
o‘shko‘pir tumanida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xushnudbek Matyoqubov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - ko‘chmas mulk, kadastr, ijtimoiy himoya, ta’lim, FHDY va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohalariga oid masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi.
“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabullar yakunlariga ko‘ra:
20 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi;
5 ta murojaat joyida hal etildi;
12 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
28 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
o‘rganishni talab etadigan 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Bu kabi sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni tezkor hal etish hamda huquqiy va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.