Янгиликлар
24
Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirlar doirasida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lib o'tgan uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar hamda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartiblari va xizmatlar haqida ma’lumotlar berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 400 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
Shuningdek, tadbirlarda tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik asoslari to‘g‘risida hamda O'zbekiston Respublikasining 25.02.2025-yildagi O'RQ-1037-son qonuni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" hamda OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida, shu jumladan, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirlarda migratsiya, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan taʼminlash, kommunal xizmatlar, mavjud imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholiga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Hududlarda jami 15 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 400 nafardan ortiq fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 211 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 17 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.