Янгиликлар
27
“Korzinka” xizmat ko‘rsatish belgisi huquqiy himoya qilindi.
Xorazm viloyati Adliya boshqarmasiga “«ANGLESEY FOOD» MChJga tegishli bo'lgan “Korzinka” xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilayotganligi yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish davomida “T.O.H” MChJ tomonidan «ANGLESEY FOOD» MChJga tegishli “Korzinka” xizmat ko‘rsatish belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan “T.O.H” MChJga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Sudga yuborildi.
Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali yoki Xorazm viloyat adliya boshqarmasining 62-227-77-22 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz!