Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O'z-o'ziga xizmat burchaklari: davlat xizmatlari aholiga yanada yaqin


Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasiga biriktirilgan mahallalarda aholiga davlat xizmatlaridan mahallaning o‘zidan chiqmagan holda foydalanish imkonini beruvchi o‘z-o‘ziga xizmat burchaklari tashkil etildi.

Mazkur burchaklar orqali fuqarolar davlat xizmatlaridan elektron shaklda, mustaqil va qulay tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, mazkur mahallalarda tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan har haftada ikki kundan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali davlat xizmatlarini aholi yashash hududiga yanada yaqinlashtirish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsad qilingan.


Adliya organlari xodimlari tomonidan ushbu mahallalar aholisi uchun muntazam ravishda uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ularda:

davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish;
elektron ariza yuborish;
davlat xizmatlarini mustaqil olish;
raqamli xizmatlardan samarali foydalanish tartiblari tushuntirilmoqda.

Maqsad – fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish, davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish va ortiqcha vaqt hamda mablag‘ sarfini kamaytirishdan iboratdir.