Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva tumani Varangzon mahallasidagi Sport majmuasida yoshlar ishtirokida Sog`lom turmush tarzi aksiyasi o`tkazildi.
Bunda “Jismoniy faollik” ochiq trenerovkasi doirasida jismoniy mashqlar, kurash bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarga sportning imkoniyatlari, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, bugungi kunda sportchilarimiz erishayotgan ulkan natijalar hamda sport ta’limi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishga yoshlarga esdalik sovg`alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yoshlar o`rtasida sport istedodlarini kashf etishga xizmat qiladi.