Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Gurlan  tumanidagi 42-sonli maktabining “Huquq sinfi”da yuqori sinf o'quvchi yoshlari ishtirokida “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzusida  ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
 
Uchrashuv davomida, firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, oqibatlari va javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda bugungi kunda eng ko'p sodir etilayotgan kiberjinoyatlardan himoyalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
 
Ochiq muloqot davomida, yoshlarga qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar va huquqlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
 
Bu kabi tadbirlar yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga va yoshlar o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.