Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

 Xususan, Yangiariq tumanidagi "YANGI ARIQ TEX" MCHJ, Xiva tumanidagi "YUGGAZXIVAMAXSUSELEKTROMONTAJQURILISH" MCHJ, Qo'shko'pir tumanidagi "PERSON" ХК, "KARAVAN AVTO PLYUS" MCHJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.