Янгиликлар
22
Davlat xizmatlari — mahallaning o‘zida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan Xorazm viloyatida adliya organlariga biriktirilgan mahallalarda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish yo'lga qo'yilgan.
Har hafta seshanba va juma kunlari reja-grafik asosida belgilangan vaqtlarda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda.
Sayyor xizmatlar davomida fuqarolarga:
davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda;
zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda tushuntirishlar berilmoqda;
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda.
Maqsad — davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish va fuqarolar uchun qulaylik yaratish.