Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya xabari


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i Mo`minjon Atayev Gurlan va Shovot tumanlari adliya bo‘limlarida bo‘lib, davlat xizmatlari markazi, FHDY, yuridik xizmat ko`rsatish markazi,
Notariuslar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlarning sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Boshqarma boshlig`i tomonidan fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko`rsatish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn xizmatlar ulushini oshirish, fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda elektron platformalarni foydalanuvchilar uchun yanada qulay va sodda tizimni takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, adliya bo`limlarining 3-chorakda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda KPI ko`rsatkichlari muhokama qilindi.

Adliya xodimlarining takliflari, fikr va mulohozalari tinglandi hamda my.gov.uz - portalidan foydalanishda fuqarolar ko`nikmalarini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolar uchun qulay, tezkor va zamonaviy xizmatlarni ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.