Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Kitob yarmarkasi: kitoblar o'quvchiga yanada yaqin!


Urganch davlat universitetida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada yuridik va huquqiy mavzularga oid turli adabiyotlar keng o‘rin oldi. Xususan, yuristlar uchun zarur huquqiy adabiyotlar, qonunchilikka oid nashrlar, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qiluvchi kitoblar, shuningdek, huquq sohasiga qiziquvchilar uchun foydali adabiyotlar namoyish etildi.


Tadbirda universitetning mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda tarix va huquq fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar yarmarkada taqdim etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ta’lim va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan kitoblarni tanlash va xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kitob yarmarkasi talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va kasbiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.