Янгиликлар
05
Xorazm viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga mas’ul xodimlar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda:
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.