Янгиликлар
25
Shovot tumanida sayyor qabul o'tkazildi
Shovot tumanidagi Idali qal’a mahallasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Mo‘minjon Atayev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, fuqarolarning ko‘chmas mulk, kadastr, iste’molchilar huquqlari, soliq, FHDY va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohalariga oid masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi.
Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
30 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi;
8 ta murojaat joyida hal etildi;
10 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
17 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
o‘rganishni talab etadigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, qabul davomida "mahalla yettiligi" vakillari ishtirokida nizoli oilalar bilan manzilli ishlash va nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish choralarini ko‘rish, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.