Yangiliklar
Joriy yilning 2 iyul kuni viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi binosida, boshqarma xodimlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6247-sonli Farmonining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʼyicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda qarorning maqsadida va undagi ustuvor vazifalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbir savol-javoblarga boy boʼldi.
Barchamizga maʼlumki adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʼz ichiga olgan sovrinli viktorina tashkil etildi.
Ushbu oʼtkazilgan sovrinli viktorinada ishtirokchilariga 25 ta test savollariga toʼgʼri va tezkorlik bilan (har bir savolga 15 soniya javob) topish sharti yuklatildi.
Quvonarlisi shundaki, navbatdagi sovrinli viktorina natijasiga koʼra 1-oʼrinni Bogʼot tumanida yashovchi Kamoladdin Gʼofurov hamda 2-oʼrinni Urganch shahrida yashovchi Otabek Matkarimovlar egallashdi.
Gʼolib ishtirokchilari esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Hurmatli fuqarolar adliya vazirligi tomonidan oʼtkazilayotgan sovrinli viktorinalarda faol ishtirok etib boring.
Bogʼot tuman adliya boʼlimi tomonidan, Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (bundan keyingi matnlarda SEO va JSX deb yuritaladi) ning Bogʼot tuman boʼlimi xodimi Saidova Maftuna Toʼxtasinovnaning 2020 yilgi mehnat taʼtili hisoblanishi va toʼlanishida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmoni, 2020 yil 24 aprel kungi PQ-4695-sonli Qarori va 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli Qarorlari bilan ish xaqiga 2020 yil davomida qoʼshimcha hisoblab toʼlangan toʼlovlar inobatga olinishida amaliy yordam koʼrsatishni soʼrab bergan murojaati koʼrib chiqildi.
Oʼrganishda, SEO va JSX ning Bogʼot tuman boʼlimi xodimi M.Saidovaning ish xaqiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmoni, 2020 yil 24 aprel kungi PQ-4695-sonli Qarori va 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli Qarorlari bilan qoʼshimcha toʼlangan toʼlovlarni hisobga olgan holda 2020 yil mehnat taʼtili uchun 1.542.342 soʼm pullar toʼlab berilmaganligi aniqlandi.
Аniqlangan holat yuzasidan M.Saidovaga mehnat taʼtili uchun beriladigan 1.542.342 soʼm pullar toʼlanmasdan kelinayotganligi uchun fuqarolik ishlari boʼyicha Bogʼot tumanlararo sudiga ariza kiritilib, daʼvo talabi toʼliq qanoatlantirildi.
Tuproqqalʼa tuman adliya boʼlimi tomonidan Tuproqqalʼa tuman “Muxabbat” mahallasi Navroʼz koʼchasi 7-uyda yashovchi fuqaro Matyaqubova Moʼtabarxon Durdievnaning Tuproqqalʼa tuman 5-son umumiy oʼrta taʼlim maktabi direktori tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish jarayonida, 2021 yilning 4 fevral kungi №109-sonli buyrugʼi asosida fuqaro M.Matyaqubova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi toʼrtinchi bandiga asosan ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi 5969-sonli “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni talablariga zid ravishda, fuqaro M.Matyaqubovaning 14 yoshga toʼlmagan 3 nafar farzandi mavjudligi holati eʼtiborga olinmasdan Ish beruvchi tomonidan tashabbusiga koʼra mehnat shartnomasi bekor qilishda qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyilgan.
Yuqoridagilarga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi buyruqni qabul qilishda mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi sababli ushbu buyruqni bekor qilish, ishga tiklash, majburiy bekor yurgan kunlar uchun ish haqi va maʼnaviy zarar undirish boʼyicha M.Matyaqubova manfaatini koʼzlab sudga daʼvo ariza kiritildi.
Fuqarolik ishlari boʼyicha Bogʼot tumanlararo sudining Tuproqqalʼa tumanidagi 1-son umumiy oʼrta taʼlim maktabida 2021 yil 28 aprel kuni oʼtkazilgan sayyor sud majlisida Tuproqqalʼa tuman adliya boʼlimining fuqaro Matyaqubova Moʼtabarxon Durdievna manfaatini koʼzlab kiritgan daʼvo arizasi qanoatlantirilgan holda, Tuproqqalʼa tuman 5-son umumiy oʼrta taʼlim maktabining 2021 yilning 4 fevralь kungi Matyaqubova Moʼtabarxon Durdievna bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi №109-sonli buyrugʼi gʼayriqonuniy deb topilib, bekor qilindi va ishga tiklanishi taʼminlandi.
Shuningdek, fuqaro M.Matyaqubovaning foydasiga Tuproqqalʼa tuman 5-son umumiy oʼrta taʼlim maktabidan majburiy bekor yurgan kunlar uchun 2 496 694 soʼm ish haqi va 1 000 000 soʼm maʼnaviy zarar undirish toʼgʼrisidagi sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.
Joriy yilning 28 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda Urganch shahar adliya boʼlimi tomonidan Davlat kadastr palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʼlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF–6243-son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 390-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.
Tadbir viloyatdagi idora va tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.
Oʼtkazilgan targʼibot tadbiri ochiq muloqot va savol-javoblarga boy boʼldi.
Tadbir tafsilotlari mahalliy telekanal tomonidan tasvirga olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
13 maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining pedagog hodimlari va tibbiyot hodimlarining lavozim maoshlariga 2019 yil 1 iyundan boshlab davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʼshimcha haq toʼlanishi belgilangan.
Biroq, Xonqa tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi tomonidan boʼlimga qarashli 5-son ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog hodimlariga toʼlanishi lozim boʼlgan ustamalar toʼlanmasdan kelingan.
Shularga asosan, 5-son ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti hodimlarining murojaatlariga asosan Xonqa tuman adliya boʼlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan tumani maktabgacha taʼlim boʼlimi tomonidan pedagog va hodimlarga lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorda ustamalar 2020 yil may, iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr hamda noyabr oylari uchun qayta hisoblanib, jami 329.395.400 soʼm miqdorida mablagʼlar toʼlab berildi.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari qonun himoyasida ekanligi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklashda adliya organlari xalq xizmatida.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mehnat jamoalarida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hamda sportni keng targʼib qilish, viloyatdagi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʼrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish maqsadida mini futbol boʼyicha “Аdliya kubogi” sport musobaqasi oʼtkazildi.
Turnirda adliya, soliq, markaziy bank, yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan kasaba uyushmalari federatsiyasi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat boʼlimlari va notarial palataning xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslari ishtirok etdi.
Turnir qizgʼin va koʼtarinki ruhda davom qilib, 1-oʼrinni Markaziy bankning Xorazm viloyat boshqarmasi, 2-oʼrinni Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyati kengashi, 3-oʼrinni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi qoʼlga kiritdi.
Turnir yakuni boʼyicha gʼoliblar munosib taqdirlanib, kelgusida bu kabi sport musobaqalarini doimiy ravishda oʼtkazib borishga kelishib olindi.
Joriy yilning 22 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan birgalikda Urganch shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligining xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha harbiy qismda harbiylarning saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha “Siz saylov huquqlaringizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Ushbu davra suhbatida yangi qabul qilingan saylov kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati yigʼilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Shu bilan birga, adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet, flaer hamda infografikalar yigʼilish ishtirokchilariga tarqatildi.
Joriy yilning 22 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi binosida, boshqarma xodimlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ–5132-son “«Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʼyicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda qarorning maqsadida va undagi ustuvor vazifalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbir savol-javoblarga boy boʼldi.
Joriy yilning 17 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarni oʼzini oʼzi boshqarish organlari xodimlarini malaka oshirish oʼquv kursi bilan hamkorlikda “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida viloyatimizdagi mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining obodonlashtirish tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari tomonidan yigʼilish ishtirokchilariga aksiyaning maqsadi, aksiya doirasida bajariladigan ishlar toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda oʼtkazildi.