Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
IJRO INTIZOMI DАVR TАLАBI!

Joriy yilning 24 may kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʼlimi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyat filiali bilan hamkorlikda Urganch davlat universiteti binosida "Ijro intizomi" mavzusi doirasida tuman (shahar) hokimliklari mutaxassislari ishtirokida oʼquv-seminari tashkil qilindi. Oʼquv-sseminari davomida qatnashchilarga Ijro intizomi tushunchasi, uning mohiyati, qonunchilik hamda amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar boʼyicha tushuntirishlar berildi.

19
URGАNCh ShАHRIDАGI 1-SON UMUMIY OʼRTА TАЪLIM MUАSSАSАSIGА TАShRIF BUYuRILDI!

Joriy yilning 19 may kuni viloyat adliya boshqarmasining masʼul xodimlari hamda “Inson va Qonun”, “Kuch adolatda” gazetalarining muxbiri, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan jurnalist, “Oltin qalam milliy mukofoti sohibi” А.Sobirovlar tomonidan boshqarmaga biriktirilgan Urganch shahridagi 1-son umumiy oʼrta taʼlim muassasasiga borgan xolda maktab oʼqituvchilariga yangi qabul qilinayotgan qonun xujjatlari xaqida tushuntirishlar hamda mamlakatimizdagi islohotlar va oʼzgarishlar bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga, boshqarma masʼul xodimlari tomonidan maktab oʼquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

10
JISMONIY VА YURIDIK ShАXSLАRNING IShONChI QONUN HIMOYASIDА!

Maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunga bir qator yangi printsiplar kirtilib, shulardan biri ishonchning himoya qilinishi printsipi boʼlib, vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxslarning maʼmuriy hujjatga boʼlgan ishonchi qonun bilan qoʼriqlanishi, maʼmuriy organlar manfaatdor shaxslarning yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyot bilan bogʼliq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shartligi, yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyotning oʼzgartirilishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan boʼlishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror boʼlishi kerakligi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, ushbu Qonunga muvofiq manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʼlgan hollarda, maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʼzgartirish masalasi sud tartibida koʼrildi

07
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA!

Yangibozor tuman adliya boʼlimi tomonidan tumanda yashovchi fuqaro O’.Sapayevaning “Tozadoʼrman” mahalla fuqarolar yigʼinidan bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishida amaliy yordam berishni soʼrab qilgan murojaati MFYning ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash komissiyasi ishtirokida oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish davomida, O’.Sapayevaning 2021 yil 12 aprel kuni “Tozadoʼrman” MFY raisi nomiga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlash boʼyicha qilgan arizasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 martdagi 165-son Qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomda belgilangan tartibda komissiya tomonidan koʼrib chiqilib, bir martalik moddiy yordam puli tayinlash toʼgʼrisida qaror qabul qilinganligi aniqlandi.
Yuqoridagi nizomning 9-bandiga asosan, muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam murojaat etuvchi fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organiga murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʼlanishi belgilangan bo’lib, fuqaro O’.Sapayevaga bir marta beriladigan moddiy yordam 2021 yil may oyidan toʼlab berilishi ta’minlandi.

06
“Oyning eng yaxshi xodimi”

Xorazm viloyati adliya boshqarmasida 2021 yil aprel oyi yakuni boʼyicha amalga oshirilgan ishlar tahliliga asosan oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi. Unga asosan boshqarmaning Huquqiy xizmat koʼrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʼlimi boshligʼi Maxmudov Аlisher Madirimovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deya eʼtirof etildi.
Shu munosabat bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Maxmudov Аlisher Madirimovichning kelgusi faoliyatiga omad tilagan holda uning boshqarma faoliyatiga qoʼshib kelayotgan hissasi uchun chuqur minnaddorchilik bildiradi.

06
TАDBIRKORNING BUZILGАN HUQUQLАRI TIKLАNDI!

Urganch shahar adliya boʼlimi tomonidan “Quvanchbek-Mashxura” MChJ rahbari F.Ibadullaevning Urganch shahrining markaziy qismi rekonstruktsiya qilinishi munosabati bilan jamiyatga tegishli bino va inshootlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib olinishi evaziga tuzilgan kelishuv shartnomasiga koʼra jami 1200 kv.m boʼlgan yer maydoni ajratib berilishi lozim boʼlsada, 400 kv.m yer maydoni ajratilmasdan kelinayotganligi uchun ushbu yer maydonini ajratilishida amaliy yordam berishni soʼrab, qilgan murojaati oʼrganildi.
Аniqlanishicha, “Quvanchbek-Mashxura” MChJ rahbari F.Ibadullaev va Urganch shahar hokimligi oʼrtasida 11.11.2015 yilda kelishuv shartnomasi tuzilib, unga koʼra shahar hokimligi Urganch shahar Yoshlik koʼchasida joylashgan umumiy yer maydoni 625 kv.m. boʼlgan qozonxona binosi hamda Urganch shahar Yoshlik koʼchasi 4b-uyda joylashgan umumiy yer maydoni 1572,58 kv.m. boʼlgan bino va inshootlarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib olinishi evaziga Urganch shahridan jami 1200 kv.m.dan iborat boʼlgan yer maydoni ajratishga kelishilgan.
Аmmo, Urganch shahar hokimligi tomonidan kelishuv shartnomasida belgilangan yer maydonidan jami 600 kv.m qismi ajratilib, qolgan 400 kv.m yer maydonining ajratilishi taʼminlanmagan.
Oʼrganish natijasi boʼyicha, shahar adliya boʼlimi tomonidan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo arizaga binoan sudning 04.05.2021 yildagi hal qiluv qarori bilan Urganch shahar hokimligiga 11.11.2015 yildagi kelishuv shartnomasiga asosan “Quvanchbek-Mashxura” MChJga ajratilishi lozim boʼlgan Urganch shahar 33-son mahalla fuqarolar yigʼini hududidan ikki qavatli, birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish shahobchasi, ikkinchi qavati turar-joyga moʼljallangan bino qurish uchun 400 kv.m yer maydoni ajratish majburiyatini yuklash belgilanib, sudning qaroriga asosan tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

05
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGIDAN 77 MLN SO‘M PUL MABLAG‘INI UNDIRISH BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 74-bandiga muvofiq, davlat xizmatlari markazlari, prokuratura va adliya organlariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Qo‘shko‘pir tuman hokimligi tomonidan Nizomning 8-bandi talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.
Xususan, Nizomning 7-bandida qurilish organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning qiymati, ya'ni arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda ART deb yuritiladi) ishlab chiqish uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida belgilanishi, ushbu Nizomning 8-bandida ARTni ishlab chiqish qiymati tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to‘liq to‘lab berilishi belgilangan.
Biroq, tuman hokimligi tomonidan joriy yilning 1 fevral' holatiga qurilish organi tomonidan ishlab chiqilib,«YERELEKTRON» AATga kiritilgan jami 87 ta umumiy qiymati 77.604.000 so‘mlik mablag‘lar to‘lab berilmagan hamda mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyish qabul qilinmagan.
Shulardan kelib chiqib, tuman hokimligidan qurilish organi tomonidan joriy yilning 1 fevral' holatiga ishlab chiqilib,“YERELEKTRON” AATga kiritilgan jami 87 ta, umumiy qiymati 77.604.000 so‘mlik ART ishlanganlik uchun to‘lanmagan mablag‘larni viloyat Qurilish bosh boshqarmasi hisobiga undirish bo‘yicha Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi.
Mazkur da'vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib to‘lanmasdan turgan 77.604.000 so‘mlik mablag‘lar viloyat Qurilish bosh boshqarmasi hisobiga undirish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilindi.

04
Ortiqcha xisoblangan soliq toʼlovlari barataraf qilindi!

Tuproqqalʼa tuman adliya boʼlimi tomonidan Tuproqqalʼa tumani “Sarimoy” MFY Xolis Nur koʼchasi 43-uyda yashovchi Samandarov Ozodning davlat soliq inspektsiyasi tomonidan ortiqcha soliq toʼlovi yuklatilganligi norozi boʼlib qilgan murojaati oʼrganildi.
Oʼrganish jarayonida, murojaatchi O.Samandarov tomonidan Xorazm viloyat Uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi tomonidan 2019 yil 22 apreldagi №0224-sonli mulk huquqini beruvchi davlat orderi bilan Tuproqqalʼa tumani hokimining 2020 yil 18 dekabrda “Turar joy binosiga nisbatan egalik huquqi va yer maydonini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berish toʼgʼrisida”gi qabul qilingan 530q-son qarori davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganligi hamda “Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti”ni olmaganligi natijasida DSQ Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasi АRMNI -KАDАSTR dasturiy mahsulida turar joy va yer uchastkasi yer maydoni noqonuniy egallanganligi qayd qilinib, 800 kv.m yer maydoni uchun belgilangan soliq stavkasining 3 barobari mikdorida yer soligʼi hisoblanganligi aniqlandi.
Murojaatni oʼrganish davomida boʼlim tomonidan tegishli xat kiritilib, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi xuzuridagi kadastr agentligining davlat kadastri palatasi tuman filiali tomonidan maʼlumotlar onlayn ravishda DSQ Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga yer uchastkasiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari maʼlumotlari kiritilib, yer va mol-mulk soliqlari qayta hisob-kitob qilingan holda yuborilishi natijasida murojaatchining turar joyi xususiylashgan 2019 yildan boshlab ortiqcha xisoblangan toʼlovlar barataraf qilinishi taʼminlandi.

03
URGАNCH SHАHRIDАGI 1-SON UMUMIY OʼRTА TА'LIM MUАSSАSАSIGА TАSHRIF BUYURILDI!

Joriy yilning 30 aprel kuni viloyat adliya boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan boshqarmaga biriktirilgan Urganch shahridagi 1-son umumiy oʼrta taʼlim muassasasiga borgan xolda maktab oʼqituvchilariga yangi qabul qilinayotgan qonun xujjatlari xaqida tushuntirishlar, hamda mamlakatimizdagi islohotlar va oʼzgarishlar bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga, boshqarma masʼul xodimlari tomonidan maktab oʼquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

29
АДЛИЯ АРАЛАШГАЧ!

Ҳазорасп туман адлия бўлими томонидан тумандаги “Мустақиллик” маҳалласида яшовчи У.А.нинг ўғли Й.С.га нисбатан ногиронлик белгилаш масаласида амалий ёрдам кўрсатиш тўғрисидаги мурожаати кўриб чиқилди.
Мурожаатни кўриб чиқиш натижасида, 2021 йил 27 апрель куни 97-сон Ҳазорасп туманлараро тиббий-меҳнат эксперт комиссияси томонидан фуқаро Й.С. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 1 июлдаги 195-сон қарори билан тасдиқланган Фуқароларни тиббий-меҳнат эксперт комиссияларида тиббий кўрикдан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомда белгиланган тартибда тиббий кўрикдан ўтказилиб, комиссиянинг тегишли кўрикдан ўтказиш далолатномасига асосан Й.С.га нисбатан муддатсиз (умрбод) I гуруҳ ногиронлик белгиланиши таъминланди.