Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tanlov g'olibi aniqlandi


Xorazm viloyat adliya boshqarmasining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 100 mln so`m miqdoridagi davlat ijtimoiy buyurtmasi bo`yicha g`olib bo`lgan NNTga sertifikat topshirildi.

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo`yicha jamoat komissiyasining xulosasiga asosan Xorazm viloyati mintaqaviy tadqiqotlar markazi tomonidan taqdim etilgan loyiha viloyat adliya boshqarmasining davlat ijtimoiy buyurtmasi g`olibi deb topildi.

Mazkur davlat ijtimoiy buyurtmasining asosiy maqsadi - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish,  qonunlarni hurmat qiladigan,  faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda korrupsiyaga  nisbatan  toqatsiz munosabatni shakllantirishdan iborat.