Янгиликлар
29
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;
Murojaatlar qabul qilinadi:
"Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
YIDXP – my.gov.uz;
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar
To‘lanadigan yig‘im miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 90 000 so'm (BHMning 30 foizi);
Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.