Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
Xodimning buzilgan huquqlari tiklandi!

Yangibozor tuman adliya boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli Farmonining 13-bandi ijrosi yuzasidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida monitoring oʼtkazildi.
Monitoring natijasida, Yangibozor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʼlimining 04.01.2021 yildagi 1i/3-sonli buyrugʼi bilan U.Yaxshimuratovga qoʼshimcha “Sport targʼibotchisi” vazifasi yuklatilgan boʼlsada, joriy yil yanvar-aprel oylari uchun hisoblangan 974 479 soʼm miqdoridagi ish haqi toʼlab berilmaganligi maʼlum boʼldi.
 Mazkur holat boʼyicha boʼlim tomonidan fuqaro U.Yaxshimuratovning manfaatini koʼzlab, fuqarolik ishlari boʼyicha Urganch tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning buyrugʼi asosida 974 479 soʼm oylik ish haqi undirib berildi.

30
Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo'yicha jamoatchilik eshituvi o'tkazildi.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Yuksalish" Umummilliy harakati Xorazm viloyat boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni ijrosi boʼyicha Xiva tuman hokimligida jamoatchilik eshituvi oʼtkazildi.
Jamoatchilik eshituvi davomida tuman hokimligi va tashkilotlar mutasaddi rahbarlarining Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosi boʼyicha hisobotlari eshitildi va parallel ravishda ijrosi kechikayotgan topshiriqlar boʼyicha ularga huquqiy-uslubiy yordam berildi hamda ijro intizomi bilan bogʼliq tegishli hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

30
“Halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurash!

Joriy yilning 17 iyul kuni Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Oʼzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi Xorazm filialidа Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar boʼlib oʼtdi.
Tadbir davomida farmon va qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan berilgan savollarga xodimlar tomonidan belgilangan tartibda javoblar berildi.

30
Navbatdagi sayyor qabul Xiva shahrida boʼlib oʼtdi!

Joriy yilning 30 iyul kuni joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari I.Nazarov navbatdagi sayyor qabuli Xiva shahri Qiyot mahallasida boʼlib oʼtdi.
Sayyor qabulda 25 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok qildi.
Sayyor qabulda inson huquqlariga oid murojaatlardan 5 tasi viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga, 10 ta murojaat tuman adliya boʼlimi ish yurituviga koʼrib chiqishlik uchun qabul qilingan boʼlsa, qolgan fuqarolarga Oʼzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan joyida hal qilinib, tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul karantin qoidalariga rioya qilgan xolda oʼtkazildi.

30
“Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul oʼtkazildi!

Joriy yilning 27 iyul kuni “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida fermerlarning murojaatlari va muammalarini oʼrganish va qonuniy tartibda koʼrib chiqib hal etish maqsadida Xazorasp tumanida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari I.Nazarov, tuman hokimi Oʼ.Masharipov hamda Xazorasp tumani xalq qabulxonasi rahbari S.Xoʼjamuratov ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi.
Sayyor qabulda 35 nafardan ortiq fuqarolar ishtik etdi.
Sayyor qabul davomida inson huquqlariga oid 8 ta hamda 7 ta fermer xoʼjalik raxbarlari murojaatlari viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga, 5 ta murojaatlar tuman adliya boʼlimi ish yurituviga koʼrib chiqishlik uchun qabul qilingan boʼlsa, qolgan fuqarolarga Oʼzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan joyida hal qilinib, tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul karantin qoidalariga rioya qilgan xolda oʼtkazildi.

30
TАYINLOV!

Temur Xamidjanovich Eshmetov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari – yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.
T.Eshmetov bunga qadar Xonqa tuman adliya bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi T.Eshmetovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

19
Noqonuniy boʼshatilgan 3 nafar xodim ishiga qayta tiklandi.

Fuqarolar M.Ganjaeva, Z.Qurbonboeva va K.Raximovalar Qoʼshkoʼpir tuman adliya boʼlimiga murojaat qilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimi tomonidan noqonuniy boʼshatilganidan noroziligini bildirganlar.
Аniqlanishicha, M.Ganjaeva va boshqalar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4235-sonli qarori talablari buzilganligi aniqlanib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish va xodimlarni ishga tiklash boʼyicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimiga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma muhokamasi natijasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimining 22.06.2021 yildagi buyrugʼi bilan M.Ganjaeva, Z.Qurbonboeva va K.Raximovalarni ishdan boʼshatish toʼgʼrisidagi buyruqlari bekor qilinib, hodimlar ishga tiklandilar.

17
“Halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurash!

Joriy yilning 17 iyul kuni Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar boʼlib oʼtdi.
Mazkur seminar Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasining barcha xodimlari ishtirokini taʼminlash maqsadida videokonferensaloqa tarzida oʼtkaziladi.
Tadbir davomida farmon va qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan berilgan savollarga xodimlar tomonidan belgilangan tartibda javoblar berildi.

17
“Fermerga madad” huquqiy aksiyasi davom etadi!

Joriy yilning 17 iyul kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qoʼshkoʼpir tumanida “Fermerga madad” aksiyasi doirasida uchrashuv oʼtkazilib, fermer xoʼjaligi rahbarlarining muammolari oʼrganildi va 2 ta muammoli masalalar mavjudligi aniqlandi.
 - Tomchilab sugʼorish boʼyicha yil boshida tuzilgan shartnoma shartlari buzilgan holda “Qoʼshkoʼpirmaxsussuvpudrat” MChJ tomonidan tomchilab sugʼorish uskunalari toʼliq yetkazib berilmasdan, joriy yil hosili uchun paxta dalalari tomchilatib sugʼorilmaganligi (amalda belgilangan muddatda 300 mln. soʼm mablagʼ oʼtkazib berilgan);
 - 2021 yil hosili uchun bugʼdoy yetishtirish boʼyicha sugʼurta pullari toʼlangan, biroq suvsizlik va havoning sovuq kelishi munosabati bilan kutilganidan kam hosil olingan boʼlsada sugʼurta mukofoti toʼlanmaganligi holatlari.
Ushbu masalada 15 dan ortiq murojaatlar  boshqarma va tuman adliya bo`limi ish yurituviga qabul qilindi.

14
“Аdliya fermerlarga koʼmakdosh”

 “Sanjarbek Zafarbek” fermer xoʼjaligining rahbari “Oʼzagrosugʼurta” АJdan sugʼurta pullarini ololmayotganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati qonuniy hal qilishlik uchun Qoʼshkoʼpir tuman adliya boʼlimiga yuborilib, tuman adliya boʼlimi tomonidan ushbu murojaat tegishli hujjatlar asosida koʼrib chiqildi.
   Oʼrganish davomida, “Oʼzagrosugʼurta” АJ tomonidan fermer xoʼjaligiga toʼlanishi lozim boʼlgan sugʼurta pullari toʼliq toʼlanmasdan qolganligi aniqlanib, fermer xoʼjaligi manfaatlarini koʼzlab Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
   Sudning 19.05.2021 yildagi hal qiluv qaroriga asosan “Oʼzagrosugʼurta” aktsiyadorlik jamiyatidan “Sanjarbek Zafarbek” fermer xoʼjaligi foydasiga 82.637.900 soʼm undirish belgilandi.
   Sud qaroridan norozi boʼlib “Oʼzagrosugʼurta” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan apellyatsiya shikoyati kiritilib, Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 12.07.2021 yildagi qarori bilan Urganch tumanlararo sudining 19.05.2021 yildagi qarori oʼz kuchida qoldirilib, shikoyat rad qilindi.
   Yaʼni adliya boʼlimi aralashuvi bilan fermer xoʼjaligining manfaati tiklandi va unga yetkazilgan 82.637.900 soʼm moddiy zarar undirib berilishi taʼminlandi.