Янгиликлар
01
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs
Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;
Ruxsatnomaning amal qilish muddati — 1 yil;
gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari bo‘yicha — 2 oy.