Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar


Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning 2022-yil hisobotlarni 2023-yil 1-fevralidan kechiktirmay e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim qilishingiz so‘raladi:
NNTlar  https://lex.uz/docs/3796969
Diniy tashkilotar  https://lex.uz/docs/4089832

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 239-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi