Янгиликлар
30
"Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–269-son, 21.12.2022-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi a'zosi bo'lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashi tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot
va ijtimoiy sohalar bo'yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo'limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash bo'limi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash masalalari bo'limi tugatildi.
Farmonga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.
Shunga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi;
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
Qishloq xo'jaligi vazirligi;
Suv xo'jaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sog'liqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.