Янгиликлар
06
Bilasizmi
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan (https://lex.uz/docs/3127707):
2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.