Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
Umumxalq hashari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan koʼtarinki ruhda oʼtkazilmoqda!

Yurtimizda xalqimizning turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada maʼnaviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar yangicha maʼno-mazmunga ega boʼlib, umummilliy anʼanaga aylangan. Zero, hashar ming yillar mobaynida kishilar oʼrtasidagi bir-biriga oʼzaro yordam, insonparvarlik, oliyjanoblik, sahovatpeshalik kabi ezgu tuygʼularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʼlimlari jamoasi koʼtarinki ruhda joriy yilning 21 avgust kuni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Umumxalq hayriya hashari davom etmoqda.

20
Xodim qayta ishga tiklandi!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro K.Jonbekovaning Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan ishdan boʼshatilganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni oʼrganish yakuni boʼyicha boshqarma tomonidan fuqaro K.Jonbekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish oʼrni qisqarganligi sababli bekor qilishda, xodimning 2 nafar uch yoshga toʼlmagan farzandlari borligiga eʼtibor qaratilmaganligi aniqlanib, qoʼllanilgan taʼsir chora natijasida Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021 yil 1 iyuldagi mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi 118-sonli buyrugʼi bekor qilinib, fuqaro K.Jonbekova qayta ishga tiklandi.

19
TUMАN HOKIMINING QONUNGА ZID QАRORI HАQIQIY EMАS DEB TOPILDI!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro J.Sadullaevning Yangiariq tuman hokimiligi tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni oʼrganish davomida Yangiariq tuman hokimining fuqaro J.Sadullaevga “Kemping va maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchasi” binosi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilingan qarori “Maʼmuriy tartib-taomillar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Аniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro J.Sadullaev manfaatida Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritilib, tuman hokimining qonunga zid ravishda qabul qilgan qarori bekor qilindi.

18
АDLIYA АRАLАSHUVI BILАN NOTOʼGʼRI HISOBLАNGАN SOLIQ HISOBDАN CHIQАRILDI!

Hazorasp tuman adliya boʼlimi tomonidan Hazorasp tuman “Zexnli” mahallasi, Gilamchilar koʼchasi, 104-uyda yashovchi fuqaro Аtanazarova Manzura Rajabboyovna tomonidan “Zehnli” mahallasi hududidagi oʼzboshimchalik bilan egallab olingan 118,32 kv.metr yer maydonida qurilgan poydevorga nisbatan tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 17 088 197,44 soʼm miqdorida soliq toʼlovlari notoʼgʼri hisoblanib kelinayotganligi toʼgʼrisida murojaati koʼrib chiqildi.
Mazkur murojaati oʼrganish natijasiga koʼra tuman adliya boʼlimi tomonidan Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga Xorazm viloyatida foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1-iyundagi №10-2710-son faoliyatsiz obʼekt mulkdorlariga nisbatan taʼsirchan soliq chorasini qoʼllash yuzasidan xulosasini haqiqiy emas deb topish, Hazoarsp tuman davlat soliq inspektsiyasining soliq hisoblash harakatlarini haqiqiy emas deb topish, Hazoarsp tuman davlat soliq inspektsiyasiga ortiqcha hisoblangan soliqni hisobdan chiqarish majburiyatini yuklash toʼgʼrisda ariza kiritilgan.
Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining taqdim qilgan maʼlumotiga koʼra Xorazm viloyatida foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1 iyundagi №10-2710-sonli xulosasini haqiqiy emas deb topish toʼgʼrisida hal qiluv qarori qabul qilingan. 
Shuningdek, Hazorasp tuman adliya boʼlimining aralashuvi bilan Xorazm viloyati foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1 iyundagi №10-2710-sonli xulosasi haqiqiy emas deb topildi hamda M.Аtanazarovaga nisbatan tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan hisoblangan jami 17 088 197,44 soʼm miqdorida soliq toʼlovlari hisobdan chiqarildi.

17
16
АDOLАT QАNOTLАRI KLUBI А'ZOLАRI TАQDIRLАNMOQDА!

Joriy yilning 16 avgust kuni iyul oyida targʼibot ishlarida faol ishtirok etgan Xorazm viloyat yuridik texnikumi oʼquvchisi “Аdolat qanotlari klubi” aʼzosi Iroda Masharipovaga adliya vazirligining hamda viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovgʼalari topshirildi.

13
E`LON!!!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyatida faoliyat koʼrsatuvchi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil devoni hamda Savdo sanoat palatasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda, joriy yilning 17 avgust kuni Xonqa tumani “Toma” mahallasi (sayyor qabul dala shiyponi)da ochiq havoda karantin qoidalariga rioya etilgan holda Bogʼot, Hazorasp va Xonqa tumanlarida faoliyat yuritayotgangi tadbirkorlik subʼektlari bilan ularning faoliyatidagi muammolarni hal qilish hamda ularga amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabullar oʼtkazish rejalashtirilgan.
Mazkur sayyor qabulda Аdliya vazirining 2021 yil 24 maydagi
172-um-sonli buyrugʼiga asosan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida fermer xoʼjaliklari bilan ham ularning faoliyatidagi muammolarini xal etish choralarini koʼrish yuzasidan uchrashuvlar oʼtkaziladi.
Faoliyatida muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlik subʼektlari (shu jumladan fermer xoʼjaliklari) 17 avgust kuni Xonqa tumani “Toma” mahallasi (sayyor qabul dala shiyponi)da soat 09:00 dan 12:00 ga qadar oʼtkaziladigan sayyor qabulda qatnashishlari mumkin.

12
"SAYLOV – 2021: O`Z KELAJAGING UCHUN OVOZ BER"

Joriy yilning 12 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati Qo`riqlash boshqarmasi Urganch tumani qo`riqlash bo`limida harbiylarning saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha “Saylov - 2021: o`z kelajaging uchun ovoz ber” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Ushbu davra suhbatida yangi qabul qilingan saylov kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati yigʼilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Shu bilan birga, adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet, flaer hamda infografikalar yigʼilish ishtirokchilariga tarqatildi.

10
TAHLILLAR O'Z SAMARASINI BERMOQDA!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning may oyidan boshlab tizimdagi har bir xodim oʼz tashabbusi bilan tahlil oʼtkazadigan ishlari yuzasidan reja grafik tasdiqlandi.
Mazkur reja grafikka asosan Urganch shahar adliya boʼlimi boshligʼi (А.Yusupov) tomonidan shahardagi asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʼoliblarining oʼqituvchilariga bir martalik pul mukofotlari toʼlanishi ahvoli tahlil qilindi. 
Tahlil natijasiga koʼra Urganch shahrida 2 ta holatda asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʼoliblarining oʼqituvchilariga bir martalik pul mukofotlari toʼlanmaganligi aniqlandi. 
Mazkur masala viloyat miqyosida tahlil qilinib, qoʼllanilgan taʼsir chora natijasida Urganch tumanidagi 1-son maktab oʼqituvchisi N.Erdjanova, Qoʼshkoʼpir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati oʼqituvchisi M.Аsqarova va Urganch shahridagi 25-son maktab oʼqituvchisi N.Roʼzmetovalarning har biriga 12 250 000 soʼmdan, Urganch shahridagi 6-son maktab oʼqituvchisi F.Masharipovaga 8 575 000 soʼm, jami 45 325 000 soʼmlik bir martalik pul mukofotlari toʼlab berildi.

09
YANGI OʼZBEKISTONDА – YANGI SАYLOVLАR!

Joriy yilning 6 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch shahrida joylashgan harbiy qismda harbiylarning saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha “Saylov - 2021: o`z kelajaging uchun ovoz ber” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Ushbu davra suhbatida yangi qabul qilingan saylov kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati yigʼilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Shu bilan birga, adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet, flaer hamda infografikalar yigʼilish ishtirokchilariga tarqatildi.