Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
30
29
23
20
16
Soliq organining oshirilgan stavkada yer soligʼi hisoblash bilan bogʼliq harakatlari qonunga xilof deb topildi!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Xudayberganovning murojaati asosida uning birja orqali sotib olgan noturar obʼekti boʼyicha oshirilgan stavkada hisoblangan yer soligʼining qonuniyligi oʼrganildi. 
Oʼrganish natijasida Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan foydalanilmayotgan obʼekt tariqasida, Urganch tumani, Qoromon mahallasidagi qurilishi tugallanmagan “Sutni qayta ishlash sehi” binosi joylashgan yer uchastkasiga oshirilgan stavkada soliq hisoblanishida qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi. 
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan arizaning koʼrib chiqilishi natijasi boʼyicha, sudning 2021 yil 30 avgustdagi hal qiluv qarori bilan Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasining qurilishi tugallanmagan “Sutni qayta ishlash sehi” binosi joylashgan yer uchastkasi boʼyicha 2020 yil iyul oyidan dekabr oyiga qadar boʼlgan davr uchun umumiy tartibdagi yer soligʼidan tashqari, oshirilgan soliq stavkalarda jami 14 609 572 soʼm, ushbu summa uchun penya hamda SORJga 1,3 mln. soʼm hisoblash hamda ushbu hisoblangan summani fuqaro M.Xudayberganovdan talab qilish bilan bogʼliq harakatlari qonunga xilof deb topildi. 
Shuningdek, sud qarori bilan Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasi zimmasiga ushbu davr uchun qoʼllanilgan taʼsirchan soliq summasini hamda penyani Soliq kodeksida belgilangan talablardan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilish hamda hisoblangan summani 2019 yil 1 avgustga qadar amalda boʼlgan soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib undirish majburiyati yuklatildi.
Bu bilan fuqarodan 16,0 mln. soʼm atrofidagi yer soligʼi noqonuniy undirib olinishi oldi olindi.

14
АDLIYA АRАLАSHGАCH!

Shovot tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari D.Qurbonova, N.Ermetova, N.Roʼzmetova, N.Masharipova, R.Nurjanova, G.Matchanova, I.Matyaqubovalarning 2020 yilning 20 sentyabr kunidan 25 sentyabr kunigacha koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan karantin zonasiga jalb qilinganligi, biroq bugungi kunga qadar tibbiyot birlashmasi tomonidan maxsus qoʼshimcha ragʼbatlantirish (maxsus) toʼlovi toʼlanmayotganligidan norozi boʼlib qilgan murojaatlari koʼrib chiqildi.
Unga koʼra tibbiyot birlashmasi tomonidan yuqorida nimlari keltirilgan xodimlarga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʼllab-quvvatlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4652-son qarori talablari asosida jami 26.500.000 soʼm miqdoridagi maxsus qoʼshimcha ragʼbatlantirish toʼlovlari toʼlab berilmaganligi maʼlum boʼldi. 
Mazkur xolat yuzasidan yaʼni, Shovot tuman tibbiyot birlashmasidan tibbiyot birlashmasi hodimlari foydasiga, koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan karantin zonasiga jalb qilinganligi sababli toʼlanishi lozim boʼlgan jami 26.500.000 soʼm mablagʼni undirish toʼgʼrisida hal qiluv qarori chiqarishni soʼrab Shovot tuman fuqarolik ishlari boʼyicha sudga ariza kiritilidi. 
Natijada adliya boʼlimi tomonidan kiritilgan daʼvo talablari qanoatlantirilib xodimlarga toʼlanishi lozim boʼlgan ish haqlari Shovot tuman tibbiyot birlashmasi va Shovot tuman moliya boʼlimidan unirilishi yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.