Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
IDORАLАRАRO YAGONА ELEKTRON TIZIM MUSTАHKАMLАNMOQDА!

Joriy yilning 22 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi binosida, boshqarma xodimlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ–5132-son “«Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʼyicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda qarorning maqsadida va undagi ustuvor vazifalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbir savol-javoblarga boy boʼldi.

18
“FERMERGА MАDАD” HUQUQIY АKSIYASI DOIRАSIDАGI HUQUQIY TАRGʼIBOT TАDBIRLАRI XORАZM VILOYATIDА DАVOM ETMOQDА!

Joriy yilning 17 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarni oʼzini oʼzi boshqarish organlari xodimlarini malaka oshirish oʼquv kursi bilan hamkorlikda “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida viloyatimizdagi mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining obodonlashtirish tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari tomonidan yigʼilish ishtirokchilariga aksiyaning maqsadi, aksiya doirasida bajariladigan ishlar toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda oʼtkazildi.

17
АJOYIB XUSHXАBАR!

Barchamizga maʼlumki adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 24 may kuni aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʼz ichiga olgan sovrinli viktorina tashkil etildi.
Ushbu oʼtkazilgan sovrinli viktorinada ishtirokchilariga 25 ta test savollariga toʼgʼri va tezkorlik bilan (har bir savolga 15 soniya javob) topish sharti yuklatildi.
Quvonarlisi shundaki, sovrinli viktorina natijasiga koʼra
1-oʼrinni Shovot tumanida yashovchi Tojiboeva Karomat hamda 2-oʼrinni Yangibozor tumanida yashovchi Xasanova Sohibalar egallashdi.
Gʼoliblar esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Hurmatli fuqarolar adliya vazirligi tomonidan oʼtkazilayotgan sovrinli viktorinalarda faol ishtirok etib boring.

16
HАR BIR MUROJААT E'TIBORDА!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro SH.Ramatovning koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilganligi munosabati bilan toʼlanilishi lozim boʼlgan kunlik qoʼshimcha toʼlovlar toʼlanmasdan qolganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Oʼrganish jarayonida Xorazm viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmonining 17-bandiga asosan ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʼshimcha toʼlovlar toʼlab berilmaganligi sababli belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilinmasdan, qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi.
Murojaatni oʼrganish yakuni boʼyicha 2021 yilning 12 aprel kuni FIB Urganch tumanlararo sudiga fuqaro Sh.Ramatovga toʼlanilishi lozim boʼlgan 2.331.052,9 soʼm pul mablagʼini undirish haqida hal qiluv qarorini chiqarish toʼgʼrisida daʼvo arizasi kiritildi va sudning 2021 yilning 3 iyun kungi hal qiluv qarori bilan fuqaroga toʼlanilishi lozim boʼlgan pul mablagʼini undirish belgilandi.

11
"VATAN TAQDIRI - MENING TAQDIRIMDA" shiori ostida "Yoshlar va Qonun" tanlovi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar va Qonun" tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov natijalariga ko'ra 1-o'rinni Urganch shahrining "Tolibi fikx" jamoasi, 2-o'rinni Urganch tumanining "Zukkolar" hamda Xiva shahrining "Demokratiya" jamoalari, 3-o'rinni Gurlan tumanining "Adolat" hamda Yangiariq tumanining " Adolat" jamoalari egallashdi.
G'olib jamoalarga diplom va estalik sovg'alari topshirildi.

10
ЕР МУНОСАБАТЛАРИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛДИ!

Шу йилнинг 9 июнь куни вилоят адлия бошқармасида Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонининг мазмун-моҳиятини кенг жамоатчиликка тушунтириш ҳамда бевосита ижрочиларга етказиш бўйича вилоятимизнинг барча туман (шаҳар)ларда жойларга чиққан ҳолда тарғибот тадбирларини ўтказиш белгилаб олинди.
Шу мақсадда, жорий йилнинг 10 июнь куни Урганч туманида бошқарма раҳбарияти ва масъул ходимлари иштирокида мазкур Фармоннинг мазмун-моҳияти ва аҳамиятини тушунтиришга қаратилган тадбир ўтказилди.
Тадбирда, ҳокимлик, архитектура, кадастр, Бош вазирнинг Тадбиркорларнинг мурожаатларини кўриб чиқиш қабулхонаси, савдо саноат палатаси ходимлари, шунингдек, маҳалла фуқаролар йиғини раислари, тадбиркорлик субъектлари ҳамда фуқаролар иштирок этишиб, йиғилиш иштирокчиларига мутахассислар томонидан Фармоннинг мақсади ва ундаги устувор вазифалар тушунтирилди.
Тадбир очиқ мулоқот ва савол-жавобларга бой тарзда ўтказилиб, мавзу доирасида иштирокчиларнинг саволларига мутахассислар томонидан белгиланган тартибда жавоб берилди ҳамда Фармоннинг мазмун моҳиятини меҳнат жамоларида, маҳалла фуқаролар йиғинларида кенг жамоатчиликка тушунтириш бўйича келишиб олинди.

09
ҚЎШКЎПИР ТУМАНИДАГИ ПЕНСИЯНЕРЛАР МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ!

Хоразм вилоят адлия бошқармаси бошлиғининг биринчи ўринбосари Р.Сабиров томонидан Пенсия жамғармаси масъул ходимлари билан биргаликда Қўшкўпир туманида ёшга доир пенсия суммалари камайтирилган фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди.
Учрашув давомида фуқароларнинг ёшга доир пенсия суммалари камайтирилганлиги ҳолатларининг асослиги бўйича мутахассислар билан ўзаро фикр алмашинилди.
Шунга асосан, аниқланган қонунбузилиш ҳолатларини бартараф қилиш фуқароларнинг қонуний ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш бўйича тегишли чоралар кўрилиши белгиланди.

04
“VАTАN TАQDIRI-MENING TАQDIRIMDА”!

Joriy yilning 4 iyun kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Urganch Davlat Universiteti masʼul xodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi binosida yoshlar ishtirokida “Vatan taqdiri-mening taqdirimda” mavzusida seminar-trening oʼtkazildi. 
Oʼtkazilgan tadbirda yoshlarga konstitutsiyada belgilangan huquq va majburiyatlar, mehnat qonunchiligi, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari hamda qonunchilikka kiritilgan soʼnggi oʼzgartish va qoʼshimchalar, yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar boʼyicha tushuntirishlar berildi.

03
XORАZM VILOYATIDА “FERMERGА MАDАD” HUQUQIY АKTSIYASIGА STАRT BERILDI!

Joriy yilning 3 iyun kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aktsiyasi doirasida Xorazm viloyat fermer, dexqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi binosida fermerlar, shu jumladan, soha faoliyati boʼyicha ishlayotgan malakali mutaxassislar ishtirokida huquqiy targʼibot tadbirini oʼtkazildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari tomonidan yigʼilish ishtirokchilariga aktsiyaning maqsadi, aktsiya doirasida bajariladigan ishlar toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi . 
Tadbir tafsilotlari mahalliy telekanal tomonidan tasvirga olindi.

26
ПСИХОЛОГЛАР ИШТИРОКИДА СЕМИНАР-ТРЕНИНГ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ!

Вилоят адлия бошқармаси томонидан жорий йилнинг 25 май куни умумжамоавий руҳни ошириш ва ўзаро муносабатларини янада яхшилаш мақсадида семинар-тренинг ташкил этилди.
Семинар-тренингда Урганч Давлат Университетининг Педагогика ва психология кафедраси ўқитувчилари психолиг М.Рахмедова ва психолог У.Садиковалар иштирок этиб, психологияни фан сифатида шаклланиши, мия ва психика, психиканинг акс эттириш ва бошқарувчанлик вазифалари, онг ҳақида тушунча ва унинг хоссалари, онг ва онгсизлик хақида маълумотлар берилди. Тадбир самимий, кўтаринки руҳда ва қизиқарли савол жавобларга бой бўлди.