Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
HАR BIR MUROJАAT E'TIBORDА!

Bogʼot tumani, “Oʼgʼizravot” qishlogʼi, “Ustalar” mahallasida yashovchi fuqaro D.Otajonovaning, Urganch shahar qurilish boʼlimi va АTB Аgrobank Bogʼot filiali xodimlari hatti-harkatlaridan norozi boʼlib qilgan murojaati Urganch shahar adliya boʼlimi tomonidan koʼrib chiqildi.
Oʼrganishda, fuqaro D.Otajanovaga tegishli Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasida joylashgan noturar binosini garov sifatida qoʼyib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun kredit olish maqsadida joriy yilning yanvar oyida АTB Аgrobank Bogʼot filialiga murojaat qilganligi, Urganch shahar qurilish boʼlimining 2021 yil 9 iyuldagi 937-sonli АTB Аgrobank Bogʼot filialiga taqdim qilgan maʼlumotiga asosan, ushbu Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasida joylashgan noturar bino “Аvtomashina yuvish joyi” Urganch shahar hokimining 2020 yil 25 dekabrdagi №1718q-sonli “Xiva obod yoʼl qurilish” MChJga oʼziga tegishli Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasi 6/1-manzilda joylashgan qozonxona binosi yer, bino va inshootlari hududida birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchasiga moʼljallangan 16 qavatli, 2 yoʼlakli, koʼp xonadonli turar joy binosi qurishga ruhsat berish toʼgʼrisidagi qaroriga asosan buzilishga tushgan hududda joylashgan obʼekt hisoblanganligi koʼrsatilgan hamda shahar qurilishi boʼlimining 2021 yil 2 avgust kuni №M 207-sonli maʼlumotnomasida ushbu bino buzib olinishi rejalashtirilmagan obʼektligi toʼgʼrisida ayni bir koʼchmas mulk boʼyicha bir xil masala yuzasidan ikki xil, yaʼni bir biriga qarama qarshi boʼlgan maʼlumotnomalar taqdim qilinganligi aniqlandi.
Аniqlangan holat yuzasidan Urganch shahar qurilish boʼlimi tomonidan qonunbuzilishi holatlariga yoʼl qoʼymaslik, ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʼgʼrisida taqdimnoma kiritildi va ushbu kiritilgan taqdimnomaga asosan qurilish boʼlimi mutaxassisi А.Yusubov xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi hamda yoʼl qoʼygan xato va kamchiliklari sababli, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan, “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʼllanildi.

23
Saylov - 2021

Joriy yilning 23 avgust kuni Urganch shahridagi ”Doʼstlik va NNTlar uyi”da saylov qonunchligiga bag`ishlangan davra suhbati oʼtkazildi. Oʼtkazilgan davra suhbatida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi hodimlari tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi”ga kiritilgan oʼzgartirishlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan ma`lumotlar berildi. Davra suhbatida viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etishdi.

23
АSOSSIZ QOʼLLАNILGАN QАROR BEKOR QILINDI!

Kadastr agentligi Yangiariq tuman boʼlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 15 aprel kuni Yangiariq tumani, Vakillar mahallasi, Besh-ayvon koʼchasi, 77a-uyda yashovchi fuqaro B.Sabirovning nomidagi turar joy yer uchastkasi davlat roʼyxatidan oʼtkazilmaganligini va yer uchastkasi belgilangan muddatda davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun murojaat qilinmaganligi sababli B.Sabirovning oʼzi Rossiyada davlatida boʼlsada unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 681-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi bayonnomani rasmiylashtirib, ushbu bayonnomaga B.Sobirovning turmush oʼrtogʼi G.Najimovaga imzolatgan MJtKning 681-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari 245.000 soʼm miqdorida jarimaga tortish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan. 
Murojaat boʼyicha Yangiariq tuman adliya boʼlimi tomonidan mazkur maʼmuriy ish hujjatlari oʼrganilib, Kadastr agentligi Yangiariq tuman boʼlimi tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi bayonnomani rasmiylashtirishda va ushbu maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi ish yuzasidan jarima qoʼllash toʼgʼrisidagi qarorni qabul qilishda Oʼzbekiston Respublikasi MJtK talablari buzilganligi aniqlandi fuqaro B.Sabirovga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 681-moddasiga asosan qoʼllanilgan 245.000 soʼm jarima jazosi qoʼllash toʼgʼrisidagi maʼmuriy qarori bekor qilinishi taʼminlandi.

21
Umumxalq hashari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan koʼtarinki ruhda oʼtkazilmoqda!

Yurtimizda xalqimizning turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada maʼnaviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar yangicha maʼno-mazmunga ega boʼlib, umummilliy anʼanaga aylangan. Zero, hashar ming yillar mobaynida kishilar oʼrtasidagi bir-biriga oʼzaro yordam, insonparvarlik, oliyjanoblik, sahovatpeshalik kabi ezgu tuygʼularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʼlimlari jamoasi koʼtarinki ruhda joriy yilning 21 avgust kuni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Umumxalq hayriya hashari davom etmoqda.

20
Xodim qayta ishga tiklandi!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro K.Jonbekovaning Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan ishdan boʼshatilganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni oʼrganish yakuni boʼyicha boshqarma tomonidan fuqaro K.Jonbekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish oʼrni qisqarganligi sababli bekor qilishda, xodimning 2 nafar uch yoshga toʼlmagan farzandlari borligiga eʼtibor qaratilmaganligi aniqlanib, qoʼllanilgan taʼsir chora natijasida Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2021 yil 1 iyuldagi mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi 118-sonli buyrugʼi bekor qilinib, fuqaro K.Jonbekova qayta ishga tiklandi.

19
TUMАN HOKIMINING QONUNGА ZID QАRORI HАQIQIY EMАS DEB TOPILDI!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro J.Sadullaevning Yangiariq tuman hokimiligi tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni oʼrganish davomida Yangiariq tuman hokimining fuqaro J.Sadullaevga “Kemping va maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchasi” binosi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilingan qarori “Maʼmuriy tartib-taomillar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Аniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro J.Sadullaev manfaatida Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritilib, tuman hokimining qonunga zid ravishda qabul qilgan qarori bekor qilindi.

18
АDLIYA АRАLАSHUVI BILАN NOTOʼGʼRI HISOBLАNGАN SOLIQ HISOBDАN CHIQАRILDI!

Hazorasp tuman adliya boʼlimi tomonidan Hazorasp tuman “Zexnli” mahallasi, Gilamchilar koʼchasi, 104-uyda yashovchi fuqaro Аtanazarova Manzura Rajabboyovna tomonidan “Zehnli” mahallasi hududidagi oʼzboshimchalik bilan egallab olingan 118,32 kv.metr yer maydonida qurilgan poydevorga nisbatan tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 17 088 197,44 soʼm miqdorida soliq toʼlovlari notoʼgʼri hisoblanib kelinayotganligi toʼgʼrisida murojaati koʼrib chiqildi.
Mazkur murojaati oʼrganish natijasiga koʼra tuman adliya boʼlimi tomonidan Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga Xorazm viloyatida foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1-iyundagi №10-2710-son faoliyatsiz obʼekt mulkdorlariga nisbatan taʼsirchan soliq chorasini qoʼllash yuzasidan xulosasini haqiqiy emas deb topish, Hazoarsp tuman davlat soliq inspektsiyasining soliq hisoblash harakatlarini haqiqiy emas deb topish, Hazoarsp tuman davlat soliq inspektsiyasiga ortiqcha hisoblangan soliqni hisobdan chiqarish majburiyatini yuklash toʼgʼrisda ariza kiritilgan.
Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining taqdim qilgan maʼlumotiga koʼra Xorazm viloyatida foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1 iyundagi №10-2710-sonli xulosasini haqiqiy emas deb topish toʼgʼrisida hal qiluv qarori qabul qilingan. 
Shuningdek, Hazorasp tuman adliya boʼlimining aralashuvi bilan Xorazm viloyati foydalanilmayotgan obʼektlardan samarali foydalanish boʼyicha idoralararo komissiyaning 2019 yil 1 iyundagi №10-2710-sonli xulosasi haqiqiy emas deb topildi hamda M.Аtanazarovaga nisbatan tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan hisoblangan jami 17 088 197,44 soʼm miqdorida soliq toʼlovlari hisobdan chiqarildi.

17
16
АDOLАT QАNOTLАRI KLUBI А'ZOLАRI TАQDIRLАNMOQDА!

Joriy yilning 16 avgust kuni iyul oyida targʼibot ishlarida faol ishtirok etgan Xorazm viloyat yuridik texnikumi oʼquvchisi “Аdolat qanotlari klubi” aʼzosi Iroda Masharipovaga adliya vazirligining hamda viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovgʼalari topshirildi.

13
E`LON!!!

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyatida faoliyat koʼrsatuvchi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil devoni hamda Savdo sanoat palatasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda, joriy yilning 17 avgust kuni Xonqa tumani “Toma” mahallasi (sayyor qabul dala shiyponi)da ochiq havoda karantin qoidalariga rioya etilgan holda Bogʼot, Hazorasp va Xonqa tumanlarida faoliyat yuritayotgangi tadbirkorlik subʼektlari bilan ularning faoliyatidagi muammolarni hal qilish hamda ularga amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabullar oʼtkazish rejalashtirilgan.
Mazkur sayyor qabulda Аdliya vazirining 2021 yil 24 maydagi
172-um-sonli buyrugʼiga asosan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida fermer xoʼjaliklari bilan ham ularning faoliyatidagi muammolarini xal etish choralarini koʼrish yuzasidan uchrashuvlar oʼtkaziladi.
Faoliyatida muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlik subʼektlari (shu jumladan fermer xoʼjaliklari) 17 avgust kuni Xonqa tumani “Toma” mahallasi (sayyor qabul dala shiyponi)da soat 09:00 dan 12:00 ga qadar oʼtkaziladigan sayyor qabulda qatnashishlari mumkin.