Yangiliklar
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Xudayberganovning murojaati asosida uning birja orqali sotib olgan noturar obʼekti boʼyicha oshirilgan stavkada hisoblangan yer soligʼining qonuniyligi oʼrganildi.
Oʼrganish natijasida Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan foydalanilmayotgan obʼekt tariqasida, Urganch tumani, Qoromon mahallasidagi qurilishi tugallanmagan “Sutni qayta ishlash sehi” binosi joylashgan yer uchastkasiga oshirilgan stavkada soliq hisoblanishida qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan arizaning koʼrib chiqilishi natijasi boʼyicha, sudning 2021 yil 30 avgustdagi hal qiluv qarori bilan Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasining qurilishi tugallanmagan “Sutni qayta ishlash sehi” binosi joylashgan yer uchastkasi boʼyicha 2020 yil iyul oyidan dekabr oyiga qadar boʼlgan davr uchun umumiy tartibdagi yer soligʼidan tashqari, oshirilgan soliq stavkalarda jami 14 609 572 soʼm, ushbu summa uchun penya hamda SORJga 1,3 mln. soʼm hisoblash hamda ushbu hisoblangan summani fuqaro M.Xudayberganovdan talab qilish bilan bogʼliq harakatlari qonunga xilof deb topildi.
Shuningdek, sud qarori bilan Urganch tuman davlat soliq inspektsiyasi zimmasiga ushbu davr uchun qoʼllanilgan taʼsirchan soliq summasini hamda penyani Soliq kodeksida belgilangan talablardan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilish hamda hisoblangan summani 2019 yil 1 avgustga qadar amalda boʼlgan soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib undirish majburiyati yuklatildi.
Bu bilan fuqarodan 16,0 mln. soʼm atrofidagi yer soligʼi noqonuniy undirib olinishi oldi olindi.
Shovot tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari D.Qurbonova, N.Ermetova, N.Roʼzmetova, N.Masharipova, R.Nurjanova, G.Matchanova, I.Matyaqubovalarning 2020 yilning 20 sentyabr kunidan 25 sentyabr kunigacha koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan karantin zonasiga jalb qilinganligi, biroq bugungi kunga qadar tibbiyot birlashmasi tomonidan maxsus qoʼshimcha ragʼbatlantirish (maxsus) toʼlovi toʼlanmayotganligidan norozi boʼlib qilgan murojaatlari koʼrib chiqildi.
Unga koʼra tibbiyot birlashmasi tomonidan yuqorida nimlari keltirilgan xodimlarga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʼllab-quvvatlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4652-son qarori talablari asosida jami 26.500.000 soʼm miqdoridagi maxsus qoʼshimcha ragʼbatlantirish toʼlovlari toʼlab berilmaganligi maʼlum boʼldi.
Mazkur xolat yuzasidan yaʼni, Shovot tuman tibbiyot birlashmasidan tibbiyot birlashmasi hodimlari foydasiga, koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan karantin zonasiga jalb qilinganligi sababli toʼlanishi lozim boʼlgan jami 26.500.000 soʼm mablagʼni undirish toʼgʼrisida hal qiluv qarori chiqarishni soʼrab Shovot tuman fuqarolik ishlari boʼyicha sudga ariza kiritilidi.
Natijada adliya boʼlimi tomonidan kiritilgan daʼvo talablari qanoatlantirilib xodimlarga toʼlanishi lozim boʼlgan ish haqlari Shovot tuman tibbiyot birlashmasi va Shovot tuman moliya boʼlimidan unirilishi yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida mehr-muruvvat va insonparvarlikni targʼib etish maqsadida “Mehr ulash” xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur begʼaraz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj boʼlgan insonlarlarning sogʼayib ketishlariga hissa qoʼshish maqsadida 40 nafardan ortiq adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʼlimlari va yuridik texnikum xodimlari ixtiyoriy ravishda ishtirok etdilar.
Xorazm viloyati xokimligi huzuridagi FOʼOʼBOXMOB Oʼquv kurslari tomonidan 2021 yil 10 sentyabr kuni “Yangi Oʼzbekiston - Yangi Saylovlar”! mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida viloyat viloyat adliya boshqarmasi hamda Urganch shahar adliya boʼlimi xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan saylov kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati yigʼilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Shu bilan birga, adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet, flaer hamda infografikalar yigʼilish ishtirokchilariga tarqatildi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining huquqiy bilimlarini yuksaltirish, jamoada birdamlik va ishchanlik ruhini koʼtarish maqsadida boshqarma boshligʼi tomonidan tasdiqlangan “Maʼnaviyat soati”ni oʼtkazish boʼyicha targʼibot rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 9 sentyabr kuni Urganch Davlat Universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasining professor-oʼqituvchilari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.
Mazkur seminar trening “Stressni oldini olish” mavzusida boʼlib oʼtdi.
Tadbir qiziqarli, koʼtarinki ruhda hamda savol-javoblarga boy tarzda oʼtkazildi.
Joriy yilning 8 sentyabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda Xorazm viloyat Yuridik texnikumi rahbar va xodimlari bilan hamkorlikda “Street Law” loyihasi doirasida texnikum oʼquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda texnikum oʼquvchilaridan iborat “Volontyor” guruhlariga joylarda oʼtkaziladigan targʼibot tadbirlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda volontyor-oʼquvchilarga oʼtgan oʼquv yilida amalga oshirilgan ishlar natijalari, loyihani rivojlantirishga qoʼshgan hissalari uchun tashakkur bildirildi.
Bogʼot tumani, “Oʼgʼizravot” qishlogʼi, “Ustalar” mahallasida yashovchi fuqaro D.Otajonovaning, Urganch shahar qurilish boʼlimi va АTB Аgrobank Bogʼot filiali xodimlari hatti-harkatlaridan norozi boʼlib qilgan murojaati Urganch shahar adliya boʼlimi tomonidan koʼrib chiqildi.
Oʼrganishda, fuqaro D.Otajanovaga tegishli Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasida joylashgan noturar binosini garov sifatida qoʼyib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun kredit olish maqsadida joriy yilning yanvar oyida АTB Аgrobank Bogʼot filialiga murojaat qilganligi, Urganch shahar qurilish boʼlimining 2021 yil 9 iyuldagi 937-sonli АTB Аgrobank Bogʼot filialiga taqdim qilgan maʼlumotiga asosan, ushbu Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasida joylashgan noturar bino “Аvtomashina yuvish joyi” Urganch shahar hokimining 2020 yil 25 dekabrdagi №1718q-sonli “Xiva obod yoʼl qurilish” MChJga oʼziga tegishli Urganch shahar Oʼzbekiston ovozi koʼchasi 6/1-manzilda joylashgan qozonxona binosi yer, bino va inshootlari hududida birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchasiga moʼljallangan 16 qavatli, 2 yoʼlakli, koʼp xonadonli turar joy binosi qurishga ruhsat berish toʼgʼrisidagi qaroriga asosan buzilishga tushgan hududda joylashgan obʼekt hisoblanganligi koʼrsatilgan hamda shahar qurilishi boʼlimining 2021 yil 2 avgust kuni №M 207-sonli maʼlumotnomasida ushbu bino buzib olinishi rejalashtirilmagan obʼektligi toʼgʼrisida ayni bir koʼchmas mulk boʼyicha bir xil masala yuzasidan ikki xil, yaʼni bir biriga qarama qarshi boʼlgan maʼlumotnomalar taqdim qilinganligi aniqlandi.
Аniqlangan holat yuzasidan Urganch shahar qurilish boʼlimi tomonidan qonunbuzilishi holatlariga yoʼl qoʼymaslik, ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʼgʼrisida taqdimnoma kiritildi va ushbu kiritilgan taqdimnomaga asosan qurilish boʼlimi mutaxassisi А.Yusubov xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi hamda yoʼl qoʼygan xato va kamchiliklari sababli, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan, “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʼllanildi.
2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomaning soʼralmasligi, haydovchilar ishonchnoma rasmiylashtirmasa ham boʼladi degani emas.
Yaʼni, haydovchilar xuddi avvalgidek, ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtiradi, faqat ishonchnomani yonida olib yurmasa ham boʼladi. Chunki 2021 yil 1 sentyabrdan ishonchnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekshiradi.
Ishonchnoma bilan bir qatorda texnik koʼrikka oid va “tonirovka” boʼyicha hujjatlarning mavjudligi ham elektron tarzda tekshiriladi.
Demak, haydovchi ushbu hajjatlarni ham yonida olib yurishi shart emas.
Ushbu tadbir Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan boʼlib, tadbir doirasida fleshmob, huquqiy viktorina hamda fan va mehnat faxriylari ishtirokida mahorat darslari, shuningdek huquqiy maslahatlar va sayyor davlat xizmatlari koʼrsatildi.
Mazkur tadbir viloyatimizning barcha hududlarida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.