Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ayrim sud ishlarini yuritish ma'muriy organlarga o'tkaziladi


"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to'liq joriy etiladi.

Farmonga ko'ra, quyidagilar joriy etiladi:

ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlarni ko'rish vakolati ma'muriy organlarga o'tkaziladi;

ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlar quyi instansiya sudlarining o'zida yakunlash tartibi belgilanadi.

Ayrim yo'nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko'paytiriladi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o'tiradi.