Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i
Atayev Moʻminjon Xursandovich
Телефон:
(0362) 227-77-22
Atayev Moʻminjon Xursandovich- 1987-yil 28-iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini tamomlagan.
M.Atayev mehnat faoliyatini 2011-2013-yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva-sopoli” masʼuliyati cheklangan jamiyati huquqshunosi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2013-2014-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxivi arxivariusi, 2014-2016 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari boʻlimi yetakchi maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh maslahatchisi, 2017-yilning fevral-dekabr oylarida Xorazm viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, 2017-2022 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2024-2026-yillarda viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 3-iyundagi 258-sht-sonli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevich
Телефон:
+998622277722
Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevich - 1989-yil 7-iyulda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2013-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
X.Matyoqubov mehnat faoliyatini 2014-2015-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi kompyuter texnikalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnigi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2015-2016-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash sho‘basi katta maslahatchisi, 2016-2017-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘limining yetakchi maslahatchisi, 2017-2022-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi, 2022-2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i, 2024-yilning may-dekabr oylarida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 307-sht-sonli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.