Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan umummilliy diktant loyihasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi idoralar xodimlari faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarorida har yili oktabr oyida umummilliy diktant loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Shunga ko‘ra, adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari rahbarlari va xodimlari loyihada ishtirok etib, o‘zbek tilida yozish savodxonligi, imlo qoidalari va davlat tili me’yorlariga rioya qilish borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur loyiha davlat tilining nufuzini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish madaniyatini yuksaltirish, xodimlar savodxonligini mustahkamlash hamda ona tiliga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.