Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qo`shko`pir tumanida fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi


Qo`shko`pir tumanidagi Gulzor mahallasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Mo‘minjon Atayev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda, fuqarolarning uy-joyga kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish, kommunal, yuridik va notarial xizmat, pensiya, FHDY va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohalariga oid masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi.


“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
 30 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi;
 10 ta murojaat joyida hal etildi;
 3 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
 12 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
 o‘rganishni talab etadigan 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.