Янгиликлар
16
Tarixni bilgan — kelajakni quradi
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh yosh xodimlar “Lazgi” muzeyida bo'ldi.
Muzey ma’muriyati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ekskursiya davomida yoshlar tajribali gidlar hamrohligida muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida yoshlar Xorazm raqs maktabining o‘ziga xos jihatlari, Lazgi raqsining shakllanish tarixi, musiqiy ohanglari, ijro an’analari va zamonaviy talqinlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv ko‘rgazmalar esa yoshlarning milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Bunday ma’rifiy tashriflar yosh xodimlarning tarixiy merosimizga hurmatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qiladi.