Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” davom etmoqda!


Al-Xorazmiy universitetida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga mualliflik huquqining mazmun-mohiyati, ijodiy asarlarni huquqiy jihatdan himoya qilish, plagiatning oldini olish hamda akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ilmiy va ijodiy faoliyatda o‘zgalarning mehnatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, foydalanilgan manbalarni to‘g‘ri ko‘rsatish hamda mualliflik huquqlariga rioya etishning ahamiyati ta’kidlandi.


Seminar-treningning asosiy maqsadi — mualliflik huquqiga hurmat madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va akademik halollik tamoyillarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Mualliflik huquqini hurmat qilish — ijodkor mehnatini qadrlash va halol ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish demakdir!