Янгиликлар
15
Men qoidalarga amal qilaman
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Qo`shko`pir tumanidagi 2-sonli maktabining “Huquq sinfi”da yuqori sinf o`quvchi yoshlari ishtirokida “Men qoidalarga amal qilaman” mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida, yoshlarga qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar va huquqlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga va yoshlar o`rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda o`zlarining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash orqali huquqshunoslik sohasiga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.