Янгиликлар
13
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi
O‘qituvchilarning huquqlari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida Xonqa tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida pedagoglarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar, turli yengilliklar hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adliya xodimlaridan batafsil javoblar olib, zarur huquqiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.