Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi


Xorazm viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida ta’lim muassasalaridagi mehnat jamoalarida seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida pedagoglarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar, turli yengilliklar hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adliya xodimlaridan batafsil javoblar olib, zarur huquqiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.