Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya xabari


 Davlatimiz rahbarining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-316-son qaroriga asosan Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi tashkil etilgan.

Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida kunning 2-yarmida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish hamda zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan  Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida bo`lib, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Texnikumdagi Kasblar shaharchasida “Oʻzing yasab koʻr” tamoyili asosida oʻquvchilar turli zamonaviy uskunalar bilan bevosita ishlab, amaliy koʻnikmalar hosil qilish, transport va logistika, sanoat va qurilish, servis, qishloq xoʻjaligi hamda “yashil” energetika kabi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar qamrab olingan o`quv xonalar, laboratoriyalar, o`quv ko`rgazmalar va ta'mirlash xonalari bilan yaqindan tanishildi.

 Adliya boshqarmasi va Texnikum bilan hamkorlikda, yoshlar uchun “Huquqiy darslar”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Ochiq muloqotlar”, “Targ`ibot kuni”, “Huquqiy avtobus” loyiha va aksiyalarni o`tkazilishi hamda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy fanlarga qiziqtirish yuzasidan qonun-hujjatlari milliy ma’lumotlari bazasi, electron platformalari,  huquqiy adabiyotlar, huquqiy targ`ibot materiallari hamda huquqiy ko`rgazmali materiallar bilan jihozlash borasida  hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab olindi.