Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahridagi 3-sonli maktabning “Huquq sinfi”da yuqori sinf o'quvchi yoshlari ishtirokida “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, terrorizm, diniy ekstremizm, korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, oqibatlari va javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda bugungi kunda eng ko'p sodir etilayotgan kiberjinoyatlardan himoyalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
 
Ochiq muloqot davomida, yoshlarga qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar va huquqlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
 
Bu kabi tadbirlar yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga va yoshlar o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.