Янгиликлар
08
TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Xorazm viloyat sudida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va yechimiga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda viloyat ma’muriy sudi raisi J.Sultanova, viloyat sudi raisi o‘rinbosari B.Davlatov, sudyalar, viloyat adliya va soliq boshqarmalari, Biznes-ombudsmanning hududiy sho‘basi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan huquqiy va amaliy muammolar, shartnomaviy munosabatlar, soliq majburiyatlari, iqtisodiy va ma’muriy nizolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ular yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.
Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.