Янгиликлар
07
“KONTRAFAKTSIZ SAVDO OBYEKTI” LOYIHASIDA ISHTIROK ETING!
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo obyektlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulk huquqlariga hurmatni oshirish hamda halol tadbirkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihada savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.
Loyiha doirasida savdo obyektida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi o‘rganiladi;
mazkur o‘rganish tadbirkorlik faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi va uning davomida aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sir chorasi qo‘llanilmaydi;
kontrafakt mahsulot aniqlanmagan savdo obyektiga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikati va maxsus yorlig‘i beriladi;
sertifikat QR-kod, seriya va raqamga ega bo‘lib, cheklanmagan muddatga beriladi.
“Kontrafaktsiz savdo obyekti” — halol savdo, intellektual mulkka hurmat va iste’molchi ishonchi sari muhim qadam!
Loyihada ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar Xorazm viloyati adliya boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.
Nizomga ko‘ra murojaat bevosita, pochta yoki elektron pochta orqali berilishi mumkin